Do‘kon uchun sun’iy intellektli nazorat

Kameralaringiz.Endi aqlli.

Kameralaringiz endi shunchaki yozib olmaydi. Ular anonim mijozlar oqimini sanaydi, kassa navbatini kuzatadi va muhim holatlarni Telegram orqali yetkazadi. To‘liq video kompyuteringiz va NVR’da qoladi.

ENES Jonli ko‘rinishAnalitikaOgohlantirishlarHisobotlar Bugun
Savdo do‘konida odam oqimini AI orqali tahlil qilish namunasi Jonli · Kamera 03 — Kassa zonasi

Bugungi mijozlar

486 +12,5% kecha bilan solishtirganda

AI ogohlantirish

  • Kassa oldida navbat uzun
  • Kirishda odam to‘planmoqda
  • Tovar qutilari zonada qoldi
Panel ko‘rinishi · raqamlar namunaviy
14 kunKartasiz bepul sinov
2–4 kameraTarifga qarab: Boshlang‘ich 2, Biznes 4
2–3 soniyaSo‘ralganda jonli kadr oralig‘i
Video lokalTo‘liq arxiv NVR’da qoladi

Nima olasiz

Biznesingiz uchun aniq natijalar

Har karta bitta o‘lchanadigan javob beradi — umumiy gap emas.

Bugun nechta odam kirdi

Kirdi va chiqdi — alohida sanaladi, soat bo‘yicha bo‘linadi. Kecha bilan va o‘tgan hafta bilan solishtirasiz.

Qaysi javon oldida odam to‘planadi

Do‘kon xaritasida issiq va sovuq joylar ko‘rinadi — tovarni qayerga qo‘yish kerakligi shundan bilinadi.

Do‘kon yopiq payt kimdir kirsa

Telefoningizga Telegram xabari — rasm bilan. Kamera yopilsa, burilsa yoki o‘chsa ham xabar keladi.

Kassada navbat uzayganda

Necha kishi kutayotgani va o‘rtacha qancha turgani o‘lchanadi. Ikkinchi kassani qachon ochish kerakligi shundan ko‘rinadi.

AI tahlil

Kameralaringiz endi fikrlaydi

Sun’iy intellekt kadrni do‘kon kompyuterida tahlil qiladi: odamni sanaydi, harakat xaritasini chizadi, navbatni o‘lchaydi. Bulutga faqat hodisa va raqam boradi — video emas.

  • Kirdi va chiqdi sanog‘i
  • Issiqlik xaritasi — soat bo‘yicha
  • Kassa navbati va kutish vaqti
  • Telegram xabari — rasm bilan
Batafsil
Do‘kon xaritasi: mijozlar eng ko‘p yurgan joylar Mijozlar oqimi Tungi harakat

Qanday ishlaydi

Uch qadam, yarim soat

Yangi kamera ham, yangi sim ham kerak emas — bor tizimingiz ustiga dastur qo‘yiladi.

  1. Dasturni o‘rnatasiz Do‘kondagi Windows kompyuterga. Keyingi → Keyingi → Tayyor.
  2. Kamerani ulaysiz Brauzerda NVR’ni tanlaysiz — kanallar o‘zi topiladi.
  3. Telefoningizda kuzatasiz Kundalik hisobot panelda, muhim hodisa Telegramda.
Do‘kondagi NVR va xavfsizlik kameralari

Uskuna sotib olish shart emas

Mavjud kameralaringiz shundoq qoladi

ENES brendga emas, RTSP oqimiga ulanadi. Kamerangiz yoki NVR’ingiz lokal tarmoqda oqim bersa — tizim shu oqim bilan ishlaydi. Sinovdan o‘tgan qurilmalar: Hikvision, HiLook, Dahua va Uniview NVR’lari.

Boshqa brendni ulashdan oldin bepul tekshirib beramiz. Rasmdagi kompyuter — do‘konning o‘z kompyuteri; biz uskuna sotmaymiz.

Nima ko‘rasiz

Panelni telefoningizdan ochasiz

Do‘konda bo‘lmasangiz ham: nechta odam kirdi, qaysi soat gavjum, kassada navbat qancha bo‘ldi.

Kunlik hisobot: kirdi, gavjum soat va jonli kameralar
Kunlik hisobot: kirdi, gavjum soat, jonli kameralar
Do‘kon xaritasi: mijozlar eng ko‘p yurgan joylar
Do‘kon xaritasi: mijozlar eng ko‘p yurgan joylar

Uchta oddiy tarif

Do‘koningizga mos tarifni tanlang

Bitta sotuvchi oyiga 2–3 million so‘m oladi. ENES uning o‘ndan bir qismiga turadi, dam olmaydi va kasal bo‘lmaydi.

Yashirin qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q. Yillik to‘lovda 2 oy bepul.

Maktab, o‘quv markazi yoki oliygohmi? Ta’lim muassasalari uchun alohida narxlar.

Bepul boshlash

Biz siz bilan bog‘lanamiz

Ism va telefon raqamingizni qoldiring. Jamoamiz qurilmangizni baholab, o‘rnatish va 14 kunlik bepul sinov bo‘yicha siz bilan bog‘lanadi.

Telegram: @fibotai · Abdulvosit Zokirjonov Bot orqali: Telegramda boshlash Video sizda: cloudga faqat hodisa va qisqa kliplar boradi

Ko‘p beriladigan savollar

Savollaringiz bormi?

Mavjud kompyuterimga o‘rnatsam bo‘ladimi?

Ha. Windows 10/11 ishlayotgan kompyuter bo‘lsa yetarli: dasturni yuklab olasiz, Keyingi → Keyingi → Tayyor, so‘ng brauzerda kamerani ulaysiz. NVR’ingiz tarmoqda ishlab tursa, butun jarayon odatda 30 daqiqagacha oladi. NVR’ni ham sozlash kerak bo‘lsa — usta bilan 45–90 daqiqa. Qadam-baqadam yo‘riqnoma.

Agar kompyuterim bo‘lmasa-chi?

Raqamingizni qoldiring — vaziyatingizga qarab yechim taklif qilamiz: mavjud texnikangizni moslash yoki tayyor qurilma bilan o‘rnatib berish.

Kameralarni almashtirish shartmi?

Odatda yo‘q. Kamerangiz yoki NVR’ingiz lokal tarmoqda RTSP oqim bersa, tizim shu oqim bilan ishlaydi. Sinovdan o‘tgan qurilmalar: Hikvision, HiLook, Dahua va Uniview NVR’lari. Boshqa brendlar ham ishlashi mumkin — ulanishdan oldin bepul tekshirib beramiz.

Video yozuvlar qayerda saqlanadi?

To‘liq video arxiv sizning shaxsiy NVR yoki kompyuteringizda qoladi. Cloudga faqat aniqlangan hodisalar statistikasi va qisqa video parchalar xavfsiz shifrlangan holda yuboriladi.

Qaysi tarifni tanlay?

Bitta kassa va bitta kirish eshigi bo‘lsa Boshlang‘ich yetadi: nechta odam kirdi va chiqdi — shuni ko‘rasiz. Navbat, xavfsizlik va do‘kon xaritasi kerak bo‘lsa — Biznes. Ikkitadan ko‘p do‘koningiz bo‘lsa Tarmoq bo‘yicha bog‘laning. Tarifni keyin ham o‘zgartirsa bo‘ladi.

Qanday to‘layman? Keyin bekor qilsam-chi?

Hozir hisob-faktura olinadi va to‘lov operator tomonidan tasdiqlanadi. Naqd yoki bank o‘tkazmasi mumkin. Majburiy uzoq muddatli shartnoma yo‘q. Onlayn provayderlar sozlangach panelda faqat ishlaydigan to‘lov usuli ko‘rsatiladi. Birinchi to‘lovdan keyingi 14 kun ichida pul to‘liq qaytariladi — shartlar ommaviy ofertada.